Qo‘shrabotga gaz ham, svet ham, investitsiya ham kerak

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirovning ishonchli vakili Akbar Axtamov Qo‘shrabot tumanidagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda nomzodning ishonchli vakil yig‘ilganlarga nomzodning saylovoldi dasturi va unda bayon etilgan beshta yo‘nalishning mazmun-mohiyatini hayotiy misollar asosida tushuntirib berdi.
Tadbir davomida “Milliy tiklanish” partiyasi faollari va xayrixohlar nomzodning dasturi haqida ijobiy fikrlar bildirib, uni qo‘llab-quvvatlashlarini ta’kidlashdi.
Saylovchilardan biri ishonchli vakilga Alisher Qodirov Prezident etib saylansa, mamlakat bo‘ylab ilk safarini Qo‘shrabot tumanidan boshlashini iltimos qildi. Chunki Prezident kelgan manzilga gaz keladi, svet keladi, investitsiya keladi – bu esa yangi ishlab chiqarish korxonalari, yangi ish o‘rinlari demakdir. Tumanimiz bu narsalarga g‘oyatda muhtoj, dedi u.

Bobo Saroiy.

***

Islom Aliyev olgan surat.