Ekologik partiya: Ishonchli vakil Bulung‘urda saylovchilar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Prezidentlikka nomzod A.Hamzayevning ishonchli vakili Shavkat Hasanov Bulung‘urda saylovchilar bilan uchrashdi.

Tumandagi 9-son bolalar musiqa va san’at maktabida tashkil etilgan uchrashuvda ishonchli vakil saylovchilarni prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturida belgilangan ijtimoiy masalalarga oid tashabbuslari bilan tanishtirdi.

Xususan, fuqarolarning salomatligini saqlash maqsadida tibbiy xizmatni aholiga yaqinlashtirish,tizimda tibbiy sug‘urtani joriy qilish kabi tashabbuslar yuzasidan batafsil ma’lumotlar va tushuntirishlar berdi.

Saylovoldi dasturi bo‘yicha saylovchilarning bergan savollariga ishonchli vakil tomonidan aniq va batafsil javoblar berildi.