Ekologik partiya: Ishonchli vakil Samarqand tumani saylovchilari bilan uchrashdi
Prezidentlikka nomzod Abdushukur Hamzayevning ishonchli vakili Shavkat Hasanov Samarqand tumani saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda A.Hamzayevning "Yashil taraqqiyot uchun!" shiori ostidagi saylovoldi dasturining bsh maqsadi - mamlakatda ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda tabiiy resurslardan samarali foydalanish, "Yashil" iqtisodiyotga o‘tishni jadalllashtirish orqali aholimizning qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga chiqarish, halqimiz va kelajak avlod uchun munosib turmush tarzini yaratish hamda farovon jamiyatni barpo etishdan iborat ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, dasturning asosiy yo‘nalishlaridan biri, mamlakatning "yashil" iqtisodiyotga o‘tishini jadallashtirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi takliflarning mohiyati saylovchilarga yetkazildi.