Qulupnayda shakar ko‘pmi yoki limonda? Bu haqda bilasizmi?
Dollar - dunyodagi eng ko‘p almashtiriladigan valyuta. Har kuni 35 milliondan ortiq turli nomdagi banknotalar chiqariladi (yiliga 47 trillion). Federal Rezervga a’zo bo‘lgan 12 ta bank uni chop etishga haqli. Dollarga tegishli qog‘ozlarni esa, faqatgina bitta firma ishlab chiqaradi.
***
Qulupnay tarkibida 40 foiz shakar bor, limonda esa deyarli ikki baravar ko‘p (70 foiz). Ular tarkibida limon kislotasi ko‘p bo‘lganligi sababli buni sezmaymiz. Bundan tashqari, limon tarkibidagi shakar miqdori juda ko‘p bo‘lsa, semirishga olib kelishi mumkin, ammo limon kislotasi bunga yo‘l qo‘ymaydi.
***
Musiqa tarixidagi eng muvaffaqiyatli - 1982 yilda chiqqan Maykl Jeksonning «Thriller» albomi. Hammasi bo‘lib, dunyo bo‘ylab albomning 110 milliondan ortiq nusxasi sotilgan.
***
Dunyodagi eng uzun va baland oynali ko‘prik 2016 yil avgust oyida Xitoyning Xunan provinsiyasida qurilgan. Uning uzunligi 430 metr bo‘lib, 300 metr balandlikda qurilgan va Chjanszyasze milliy bog‘idagi ikkita tog‘ qoyalarini bir-biri bilan bog‘lab turadi.
***
Agar okeanlar bug‘lanib ketganda, sayyora qalinligi 50 metr bo‘lgan tuz qatlami bilan qoplangan bo‘lar edi.