Qurilishda ekologik talablar: “TXT grup” ob’yektida holat qanday?

Viloyat ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi ishchi guruhining navbatdagi nazorat tadbirlari Samarqand shahridagi “TXT grup” kompaniyasi tomonidan qurilayotgan “Sohil” turarjoy maskanida o‘tkazildi.

-  Bu yerda 21 ta blokda 850 ta xonadon uchun mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar qurilmoqda, - deydi “TXT grup” kompaniyasi ish yurituvchisi Farzod Ergashev. - Jami 7 gektardan iborat maskanning 35 foizi yashil hududga mo‘ljallangan, har bir uyning tomiga 70 kVt quyosh panellari o‘rnatish, yo‘laklarni to‘liq muqobil energiya asosida yoritish belgilangan. Qurilish jarayonida havoga chang ko‘tarilishining oldini olish uchun ob’yektlar atrofiga suv sepilmoqda, mashinalar  changdan tozalanib, keyin ko‘chaga chiqishga ruxsat beriladi.

Nazorat tadbirlari davomida sanoat korxonalarida tozalash filtrlari o‘rnatish, ularni vaqtida almashtirish, qurilish inshootlarida chang ko‘tarilishining oldini olish, doimiy suv sepishni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.