Quruq suv haqida eshitganmisiz?

Ilmiy dunyo sayyoramiz tabiiy muhitida hosil bo‘lmagan, lekin laboratoriyalar va sanoat ishlab chiqarishda tayyorlanadigan bir qator suyuqliklarni aniqlagan.

Xona haroratida oddiy suv suyuqligiga o‘xshashQuruq suv deb ataladigan suyuqlik bor, lekin uning jismoniy xususiyatlari oddiy suvdan keskin farq qiladi. «Quruq suv» 1990 yillarda sintez qilinib, ZM kompaniyasi tomonidan Novec 1230 savdo belgisi ostida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Novec 1230 oddiy suvga qaraganda ko‘proq oquvchan. Shu sababli u sirtlarni juda yomon namlaydi. U suvda erimaydi, tirik organizmlarning to‘qimalariga kira olmaydi vatirik mavjudotlar uchun xavfsiz.

G‘alati suyuqlik qayerda ishlatiladi?

«Quruq suv» o‘z qo‘llanilishini binolar ichi, ayniqsa, ularda joylashgan elektronika (serverlar) va arxivlar (hujjatlarni saqlash, kutubxonalar) yong‘in o‘chirish tizimlarida topdi. Yonish sovutish effekti tufayli to‘xtatiladi. Shuningdek, Novec 1230 bug‘lari juda og‘ir, havodan og‘irroq ekanligi tufayli yonish joyidan kislorodni siqib chiqaradi.

Bu hammasi emas. «Quruq suv» hujjatlarni buzmaydi, chunki qog‘ozni ho‘llamaydi va bo‘yoqni eritmaydi.

Novec 1230 asosidagi yong‘in o‘chirish tizimlari ko‘plab yirik kutubxonalarda, ovoz yozish studiyalarida, Olimpiya o‘yingohlarining media markazlarida, teatrlar va muzeylar boshqaruv xonalarida, temir yo‘l ob’yektlarida, yirik kompaniyalarning ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarida, arxivlarda, aeroportlar va savdo markazlarida o‘rnatilgan.

Quruq suvdan yana qayerda foydalanish mumkin? Bazi ilmiy-fantastik filmlarda odam o‘pkasini to‘ldirgan suyuqlik orqali nafas olayotgan epizodlar ko‘rsatiladi (masalan, “Matrisa”). Agar kislorod «quruq suvda» eritiladigan bo‘lsa, katta ehtimol bilan shunday bo‘lishi mumkindir. Biroq, hali hech kim bunday tajribalarni, hatto hayvonlarda ham o‘tkazgani yo‘q.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.