Quvayt O‘zbekistondan quritilgan mevalar eksportini ko‘paytirmoqchi

Bu bo‘yicha rejalar O‘zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov Kuvaytning "Al Homaizi Food Industries" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvda muhokama qilingan.

Quvayt tomoni O‘zbekistondan quruq mevalar, shokolad mahsulotlari, sharbat va holva kabi turli shirinliklarni sotib olish maqsadida o‘zbek kompaniyalari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

Elchi "Al Homaizi Food Industries" kompaniyasi rahbariyati va vakillarini shu yil 13-14 may kunlari o‘tkaziladigan O‘zbekistonning investitsiyaviy, eksport va turistik salohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada ishtirok etishga taklif qilgan.

Ko‘rgazma davomida "Al Homaizi Food Industries" kompaniyasi O‘zbekistondan quritilgan mevalarni Quvaytga eksport qilish uchun o‘zbek eksportyor kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatishi mumkinligi ta’kidlandi, deya xabar beradi "Dunyo" AA.