Samarqandliklar 3,6 million dollarlik turshak eksport qilgan: asosiy xaridor davlatlar ma’lum
Viloyat bojxona boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil Samarqandda jami 260,87 ming tonna quritilgan o‘rik (turshak) eksport qilingan.
Xususan, joriy yil boshidan bugungi kunga qadar umumiy qiymati 3669,6 ming AQSh dollarlik turshak mahsulotlari jahon bozoriga chiqarilgan.
Samarqand turshagining eng katta xaridori — Ukraina. Mazkur mamlakat viloyatimiz tadbirkorlaridan yil davomida bir million tonnaga yaqin (912,2) turshak xarid qilgan.
Viloyatimiz turshak eksportida qolgan mamlakatlarning hissasi quyidagicha:
Rossiya — 393,22 tonna
Belorussiya — 333,08 tonna
Xitoy 271,64
Ozarbayjon 255,6 tonna
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Samarqandda 97 ta korxona tomonidan turshak mahsulotlarini eksport qilish yo‘lga qo‘yilgan.