Quyosh paneli o‘rnatish rejada qolib ketmasligi kerak
- 11.02.2025 16:12
- 77
- Samarqand
![](https://static.zarnews.uz/crop/9/b/720__80_9bd6064db162af9cb6fb528ab8b28e54.jpg?img=self&v=1739272436)
O‘tgan yili viloyatdagi 6 ming 400 ta aholi xonadoniga 32 ming kVt quyosh panellari o‘rnatish belgilangan. Biroq bu boradagi ishlar o‘z holiga tashlab qo‘yilishi oqibatida atigi 3 ming 285 ta xonadonga 17 ming 247 kVt qurilma o‘rnatilgan, xolos.
Eng past ko‘rsatkich Oqdaryo, Toyloq, Jomboy va Paxtachi tumanlariga to‘g‘ri keladi.
Viloyat hokimligida o‘tgan muhokama davomida ishlarni yetarlicha nazorat qilmaganligi va to‘g‘ri tashkil etmaganligi sababli qayd qilingan tuman hokimlari qattiq ogohlantirilgan.
Teglar:
Quyosh panellari