Korxonalarga quyosh panellarini o‘rnatish qanday samara beradi?

Samarqand tumanida viloyat prokurori M.Eshnazarov rahbarligida viloyatda muqobil energiya manbalarini joriy etish, energotejamkor uskunalarni o‘rnatish hamda energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

Unda energiya resurslaridan samarali foydalanish, iqtisod qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish borasida olib borilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi. Bu borada hali imkoniyatlar ko‘pligi ta’kidlanib, ushbu ishlarni jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar “Sam Solar” MChJda bo‘lib, u yerda quyosh panellari, geliokollektor va tejamkor elektr uskunalarining afzalliklari bilan tanishdi.
Shuningdek, taqdimotda elektr energiyasiga noqonuniy ulanish holatlarini aniqlash, iste’molchilar bilan muloqot vaqtida videoni yozib olish (bodi kamera) moslamalarini joriy etilishi natijasida korrupsion holatlarni oldi olinishi ta’kidlandi.