Raqamli davr jurnalisti qanday bo‘lishi kerak?

Biloyat Matbuot uyida "Raqamli davr jurnalisti: vositalar, tekshiruvlar, manipulyasiyadan himoya" mavzusida trening o‘tkazilmoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi mutaxassislari Dilfuza Mirzahmedova va Darya Osmanovalar interfaol usullardan foydalanib, mashg‘ulotlar o‘tmoqda.
Seminarda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari tahririyatlarining yigirma nafardan ziyod hodimi ishtirok etmoqda.
- To‘g‘risini aytsam, bu treningda qatnashishni xohlamagandim, - deydi Toyloq tumani "Qo‘shchinor" gazetasi muxbiri Go‘zal Muzaffarova. - Kunning ikkinchi yarmida nimanidir bahona qilib, ketish niyatim bor edi. Seminar davomida fikrim o‘zgardi. Negaki, mashg‘ulotlar juda qiziqarli ekan. Tanlovlarda qatnashdik va menga g‘oliblik ham nasib etdi. Soha bo‘yicha ko‘pgina kerakli ma’lumotlar oldim. Raqamli davr jurnalisti qanday bo‘lishi kerak, degan savolga javob olyapman. Ertangi mashg‘ulotlarda ham faol qatnashaman.
Trening ikki kun davom etadi.

Dilnoza Ahmadova,
Zamira Baltayeva (surat).