Raqobat qo‘mitasi: uyali aloqa xizmatlari ustidan 9 oyda 2 mingta ariza tushgan
Murojaatlarda asosan aloqa sifatining qoniqarsizligi, hisob-kitoblarning noto‘g‘ri yuritilishi va ortiqcha qarzdorlik hisoblanishi, abonent roziligisiz qo‘shimcha xizmatlarga hamda reklama maqsadidagi SMS xabarlar yuborilayotganligi bayon etilgan.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, tushgan murojaatlarni o‘rganish o‘rganish natijasida ortiqcha olingan (hisoblangan) 115 mln. so‘m iste’molchilarga qaytarilgan.
Ta’kidlanishicha, iste’molchilarning huquqlarini ta’minlash va qonunbuzilishlarning oldini olish maqsadida, telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchi sub’yektlar, shu jumladan, mobil aloqa operatorlarini ogohlantirgan holda qonunchilikda belgilangan majburiyatlari va iste’molchilar huquqlarini eslatib o‘tgan.
Yuqoridagilarga asosan, mobil aloqa operatorlari va kontent xizmatlarni taqdim etuvchi sub’yektlarni amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya etgan holda faoliyat olib borish yuzasidan qat’iy ogohlantirgan.