Rasman: Maktab o‘quvchilariga ikkinchi xorijiy til o‘qitiladi

Bu haqida prezident qarori e’lon qilindi. Endi o‘quvchilar koreys, xitoy, yapon tillarini ham o‘rganishi mumkin.

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:

➖5–9-sinflarda xorijiy tilga o‘qitish intensivligini oshirish orqali o‘quvchilarda bazaviy bilim va nutqiy ko‘nikmalar shakllantiriladi;

➖10–11-sinflarda xorijiy tilni o‘qitishda asosiy e’tibor o‘quvchilarning akademik yozuv va so‘zlashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi;

➖“Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yo‘nalishi doirasida xorijiy til fanini tanlagan o‘quvchilar 10–11-sinflarda ikkinchi xorijiy tilga o‘qitiladi.

🔹2024 yil 1 mayga qadar 11-sinfda ikkinchi xorijiy tilning kamida A2 darajada o‘zlashtirilishini nazarda tutuvchi xorijiy til fani bo‘yicha o‘quv reja va dasturlar takomillashtiriladi.

🔹2024 yil yakunigacha umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xitoy, nemis, fransuz, koreys, ingliz va yapon tillari bo‘yicha malakali mutaxassislar jalb qilinadi.