«Registon» supermarketi oldida janjallashgan 5 nafar yigitga chora ko‘rildi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Samarqandda ikki haydovchi janjali. Ma’lumotlarga ko‘ra “Lasetti” haydovchisi “Jiguli” haydovchisiga yo‘l bermay chetga qisib kelgan va kelishmovchilik oqibatida “Lasetti” haydovchisi “Jiguli” haydovchisini urib kaltaklagan" nomli videodagi yigitlarga jazo tayinlandi.
Huquqbuzarlar R.Sh., I.J., A.U., A.Sh. va D.D.lar 2020 yil 24 avgust kuni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyi bo‘lgan Samarqand shahar Registon ko‘chasida joylashgan «Registon» supermarketi oldida bir-birlari bilan janjallashib, baqir-chaqir qilib, fuqarolarning tinchligini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, mayda bezorilik huquqbuzarligini sodir qilishgan.
Samarqand shahar sudida huquqbuzarlar o‘z aybiga iqror bo‘lib qilmishidan pushaymonligini bildirdi, deb xabar berdi Samarqand viloyati IIB matubot xizmati.
Samarqand shahar sudining 2020 yil 27 avgusdagi qaroriga ko‘ra, besh o‘g‘lon O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi bilan huquqbuzar deb topilib, har biriga 12 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.