Respublika hududlari bo‘yicha eng ko‘p avtotransport Samarqandda

2020 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining soni 2 580 133 tani tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur avtotransport vositalaridan:

Yengil avtomobillar – 2 410 421 ta

Yuk avtomobillari – 150 294 ta

Avtobuslar – 5 072 ta

Mikroavtobuslar – 10 590 ta

Maxsus transportlar – 3 756 ta

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil 1 yanvar holatiga respublika hududlarida eng ko‘p Samarqand (311 997 ta), Toshkent (253 073 ta) va Farg‘ona (243 230 ta) viloyatlari aholisida avtotransport vositalari mavjud.