Respublikamizda koronavirus bo‘yicha vaziyatning yana murakkablashish ehtimoli qanday?
- 14.11.2020 23:00
- 567
- COVID-19
Ushbu savol yuzasidan AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ma’lumot berdi:
➖ Albatta, bu ehtimol yo‘q emas. Men mutaxassis sifatida hozirgi holatni “Aldamchi barqarorlik, aldamchi osoyishtalik”, deb baholagan bo‘lardim. Demak, biz hushyor bo‘lishimiz kerak. Agar salomatligimizga befarq bo‘lmasak, kasallikning biron-bir klinik belgilarini sezgan zahoti tibbiyot xodimlariga murojaat qilsak, o‘zboshimcha davolanishga urinmasak, uy sharoitida davolanish va karantinda bo‘lish qoidalariga rioya qilsak, u holda vaziyatni barqaror ushlab turishimiz mumkin.
Aks holda epidemik vaziyat yanada murakkablashishi mumkin. Kuz-qish payti virusli respirator kasalliklarning mavsumiy ko‘tarilish davri xisoblanadi. Bu esa zimmamizdagi mas’uliyatni yanada oshirish kerak, deb o‘ylayman.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Yangi loyiha — “Tamaddun tafakkuri”
- 2 soat avval
- Jamiyat
Uch hayrat
- Bugun, 13:42
- Jamiyat
Ezgu maqsadlar mushtarak bo‘lgan tashrif
- Bugun, 09:33
- Dolzarb
Xatayliklar Samarqandni ziyorat qildi
- 21/03, 16:40
- Samarqand