Rossiya va AQSh chegarasi necha kilometr? Italiyaga xos qanday ajoyibotlarni bilasiz? Kanada haqida-chi?

🔹 Rossiya va AQSh o‘rtasidagi masofa 4 kilometr ekanligini juda kam odam biladi. Rossiyadan Amerikaning 49-shtatigacha bo‘lgan masofa (Alyaska) Bering bo‘g‘ozining kengligi (86 kilometr) deb aytishadi, biroq bunday emas.

1867 yildagi Alyaska va Aleut orollarini sotish to‘g‘risidagi bitimiga muvofiq mamlakatlar o‘rtasidagi chegara ikki - Rossiyaning Ratmanov va Amerikaning Kruzenshtern orollari o‘rtasidan o‘tadi. Orollarning boshqa nomlari Diomida, kattasi Rossiyaga, kichigi esa AQShga tegishli.
Ushbu orollar o‘rtasida nafaqat davlat chegaralari, balki xalqaro sana o‘zgarishi liniyasi ham o‘tadi.

🔹 Italiya Yerning 0,5 foizini egallaydi. Insoniyatning 0,83 foizi Italiyada istiqomat qiladi. Nodir bioklimatik sharoitlari tufayli bu yarimorol bioxilma-xillik bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Bu yerda 7 000 turdagi sabzavot, 58 000 turdagi hayvonot, 1800 uzum navi, olmaning 997 turi (butun dunyoda 1227 olma turi bor), bug‘doyning 140 turi yetishtiriladi.

Italiya badiiy va insoniy merosning 70 foiziga egalik qiladi, qolgan 30 foizi butun sayyora bo‘ylab tarqalgan.

🔹 Kanada hindcha so‘z bo‘lib “katta qishloq” deb tarjima qilinadi. Kanada farovonligi yuqori darajada rivojlangan davlatlardan biri hisoblangani bois, bu nomlanish unga mos kelmaydi.

Kanadada 2 milliondan ortiq katta va kichik ko‘llar to‘plangan bo‘lib, ularda dunyodagi toza ichimlik suvining 20 foizga yaqini joylashgan. Ko‘llar shu qadar ko‘pki, ularning soni to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘q.

🔹 Nepal bayrog‘i to‘rtburchak yoki to‘g‘riburchak bo‘lmagan yagona mamlakat.



🔹 Xitoy yer yuzidagi eng dinsiz mamlakatdir. Amerikadagi Gallup jamoatchilik fikri instituti tomonidan 2015 yilda o‘tkazilgan so‘rovnoma mamlakatning 90 foiz aholisi qat’iy ateistlar yoki dinsiz bo‘lganliklarini ko‘rsatdi.

🔹 Dunyoning deyarli 200 mamlakati tarixi tahlili shuni ko‘rsatdiki, turli yillarda inglizlar bostirib kirmagan atigi 22 ta davlat mavjud.

Inglizlar tomonidan bosib olinmagan davlatlar: Andorra, Belarus, Boliviya, Burundi, Markaziy Afrika respublikasi, Chad, Kongo, Gvatemala, Kot-d Ivuar, Qirg‘iziston, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Mali, Marshall orollari, Monako, Mongoliya, Paragvay, San-Tome va Prinsipi, Shvetsiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Vatikan.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.