Sabzi narxi tushishi kutilmoqda: ertaki sabzi hosili yig‘imi boshlandi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi hududlarda bahordagi sovuq ob-havo tufayli pishishi qariyb bir oyga kechikkan ertaki sabzi hosilining yig‘im-terim ishlari boshlanganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ommaviy terim ishlari iyul oyining dastlabki kunlariga belgilangan. Bu bozorni yangi sabzi bilan to‘liq ta’minlanishiga va ushbu sabzavot narxining tushishiga olib keladi.

Mamlakatimiz aholisining sabziga bo‘lgan 1 yillik ehtiyoji 800 ming tonnani tashkil etadi. Yetishtirilgan sabzi hosilining qolgan hajmi eksport va qayta ishlashga yo‘naltiriladi
Aholining iste’mol savatidagi sabzining ulushi 0,4 foizni tashkil etadi. Qish-bahor mavsumida aholi iste’molini ta’minlash maqsadida 400 ming tonnadan ziyod sabzi zaxira qilinadi.