Organik mahsulotlar va xomashyolarni ishlab chiqaruvchilar reyestri shakllantiriladi
- 09.12.2020 17:20
- 40
- Iqtisodiyot
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 noyabrdagi “Organik mahsulotlar va xomashyolar hamda organik-mineral o‘g‘itlarning xavfsizligiga doir ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan organik va organik-mineral o‘g‘itlarning xavfsizligiga, ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga, yo‘q qilishga, qayta ishlashga hamda sotishga doir talablar yuzasidan “Organik va organik-mineral o‘g‘itlarning xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglament tasdiqlandi.
Shuningdek, mazkur qaror bilan organik mahsulotlar va xomashyoni ishlab chiqaruvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish, ishlab chiruvchilarga doir ma’lumotlar bazasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibini nazarda tutuvchi “Organik mahsulotlar va xomashyolarni ishlab chiqaruvchilar reyestrini shakllantirish hamda yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa