Samaradagi yurtdoshlarimizni olib kelishga dastlabki avtobus karvoni yo‘lga chiqdi

Respublika maxsus komissiyasi, Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, DXX Chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekistonning Qozog‘iston va Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalarining sa’yi-harakatlari bilan O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan Rossiya Federatsiyasining Qozog‘iston bilan chegara oldi hududi Samara viloyatida to‘planib qolgan fuqarolarni vatanga olib kelish maqsadida maxsus avtobus qatnovi tashkil etilmoqda.

Mazkur avtobus qatnovlari Transport vazirligi huzuridagi “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Bugun 15 ta avtobusdan iborat ilk karvon Rossiyaning Samara viloyatiga yo‘lga chiqdi.

Qatnovni bajarishga jalb etilgan 40 nafar haydovchilarning barchasi yo‘lga chiqishdan avval koronavirusga test topshirishdi.

Rejaga muvofiq avtobuslar 25 sentyabr kuni belgilangan manzilga yetib borishadi. Shu kunning o‘zida avtobuslar 700 dan ortiq yo‘lovchilarni olib O‘zbekiston tomon yo‘lga chiqadi.