Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddan kimlar mukofotlandi?

Prezidentimizning 2020 yil 30 sentyabrda qabul qilingan «O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra, davlatimizning yuksak unvon, orden va medallari bilan bilan taqdirlangan yurtdoshlarimiz qatorida viloyatimizdan quyidagilar bor: 

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Kamalova Dilarom Tuvalovna – Jomboy tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi

Sanayeva Raxima Amirqulovna – Samarqand shahridagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi.

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Yakubova Gulchexra Uktamovna – Samarqand shahridagi 1-Mehribonlik uyi tarbiyachisi.

«Do‘stlik» ordeni bilan

Rabbimova Xulkar Rabbimovna – Oqdaryo tumanidagi 45-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining musiqa fani o‘qituvchisi.

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Jurayev Shuxrat Nurullayevich – Samarqand shahridagi «Samarqand ko‘zmunchog‘i» nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi direktori.

Ibodullayeva Dilorom Murodullayevna – Toyloq tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-A sinf rahbari, biologiya fani o‘qituvchisi.

«Shuhrat» medali bilan

Odilov Kamoliddin Saloxiddinovich – Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi.

Raxmatov Lazizxon Temirxonovich – Samarqand shahridagi «Redbridge schools» nodavlat ta’lim muassasasi direktori.

Raxmatova Shaxnoza Ismatullayevna – Samarqand shahridagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi.

Toshpulatova Guljaxon Abdurafikovna – Samarqand tumanidagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi.