Samarqand davlat universiteti 2022 yil uchun doktoranturaga qabul e’lon qiladi!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 304-sonli Qaroriga muvofiq, Samarqand davlat universiteti 2022 yil uchun tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSs) bo‘yicha quyidagi ixtisosliklarga tanlov e’lon qiladi:
T/r |
Ixtisoslik shifri va nomi |
|
1. |
01.01.01 - Matematik analiz |
|
2. |
01.01.02 - Differensial tenglamalar va matematik fizika |
|
3. |
01.01.06 - Algebra |
|
4. |
01.02.01 - Nazariy mexanika |
|
5. |
01.02.03 - Gruntlar va tog‘ jinslari mexanikasi |
|
6. |
01.02.04 - Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi |
|
7. |
01.02.05 - Suyuqlik va gaz mexanikasi |
|
8. |
01.03.01 - Astronomiya |
|
9. |
01.04.02 - Nazariy fizika |
|
10. |
01.04.05 - Optika |
|
11. |
01.04.07 - Kondensirlangan holat fizikasi |
|
12. |
01.04.08 - Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika |
|
13. |
01.04.09 - Magnit hodisalari fizikasi |
|
14. |
01.04.11 - Lazer fizikasi |
|
15. |
02.00.01 - Noorganik kimyo |
|
16. |
02.00.02 - Analitik kimyo |
|
17. |
02.00.03 - Organik kimyo |
|
18. |
02.00.04 - Fizik kimyo |
|
19. |
02.00.06 - Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi |
|
20. |
02.00.12 - Nanokimyo, nanofizika va nanotexnologiya |
|
21. |
03.00.05 - Botanika |
|
22. |
03.00.06 - Zoologiya |
|
23. |
03.00.07 - O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi |
|
24. |
03.00.08 - Odam va hayvonlar fiziologiyasi |
|
25. |
03.00.10 - Ekologiya |
|
26. |
03.00.12 - Biotexnologiya |
|
27. |
03.00.13 - Tuproqshunoslik |
|
28. |
05.01.02 - Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash |
|
29. |
05.01.07 - Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui |
|
30. |
06.01.01 - Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik |
|
31. |
06.01.03 - Agrotuproqshunoslik va agrofizika |
|
32. |
06.01.04 - Agrokimyo |
|
33. |
06.01.06 - Sabzavotchilik |
|
34. |
06.01.07 - Mevachilik va uzumchilik |
|
35. |
06.01.08 - O‘simlikshunoslik |
|
36. |
06.01.09 - O‘simliklarni himoya qilish |
|
37. |
07.00.01 - O‘zbekiston tarixi |
|
38. |
07.00.03 - Jaxon tarixi |
|
39. |
07.00.06 - Arxeologiya |
|
40. |
07.00.08 - Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari |
|
41. |
08.00.01 - Iqtisodiyot nazariyasi |
|
42. |
08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti |
|
43. |
08.00.10 - Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti |
|
44. |
09.00.01 - Ontologiya, gnoselogiya va mantiq |
|
45. |
09.00.02 - Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi |
|
46. |
09.00.03 - Falsafa tarixi |
|
47. |
09.00.04 - Ijtimoiy falsafa |
|
48. |
10.00.01 - O‘zbek tili |
|
49. |
10.00.02 - O‘zbek adabiyoti |
|
50. |
10.00.05 - Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti |
|
51. |
10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik |
|
52. |
11.00.01 - Tabiiy geografiya |
|
53. |
11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy georafiya |
|
54. |
11.00.03 - Quruqlik gidrogeologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo |
|
55. |
11.00.05 - Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish |
|
56. |
13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. |
|
57. |
13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) |
|
58. |
13.00.04 - Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi |
|
59. |
19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya |
|
60. |
22.00.02 - Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi |
Hujjatlar 2021 yil 15 oktyabrgacha qabul qilinadi.
Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni (pdf shaklida) tayyorlab Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboradi hamda SamDU ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga taqdim etadilar:
- Ariza.
- Qisqacha biografik ma’lumot (ob’yektivka - namuna 3.5 shakl bo‘yicha o‘zbekcha va ruscha shaklda);
- Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot (mutaxasislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risida diplom nusxasi;
- Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
- Pasport nusxasi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud bo‘lsa).
Doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni (pdf shaklida) tayyorlab Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboradi hamda SamDU ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga taqdim etadilar:
- Ariza.
- Qisqacha biografik ma’lumot (ob’yektivka, namuna bo‘yicha 3.5 shakl, o‘zbekcha va ruscha shaklda);
- Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi;
- Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis);
- Pasport nusxasi;
- Ilmiy yutuqlari (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi).
Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga kirish uchun suhbat 1-25 noyabr kunlari o‘tkaziladi.
Tayanch doktoranturaga o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til) bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar.
Batafsil ma’lumotlar www.samdu.uz saytida mavjud.
Manzil: Samarqand shahri Universitet xiyoboni, 15. Samaqand davlat universiteti ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi.
Murojaat uchun telefon: +99866-240-38-47.