Samarqand delegatsiyasi ishtirokida AQShning IT korxonalari bilan hamkorlik o‘rnatildi
Samarqand viloyati delegatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlarining Filadelfiya shahriga amalga oshirgan safari doirasida O‘zbekiston elchisi Furqat Sidiqov boshchiligida «EPAM systems» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilgan.
«Dunyo» AA xabariga ko‘ra, sohaviy bilimlarni o‘rgatish va IT xizmatlarini eksport qilish maqsadida viloyatda kompaniya ofisini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirilgan.
Mamlakatimiz delegatsiyasi, shuningdek, «Mir Transportation Inc» korxonasida bo‘ldi va tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazgan.
Unda Samarqand viloyatida investitsiyalarni jalb etish uchun yaratilgan qulayliklar, xususan, IT sohasini rivojlantirish uchun mavjud imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
Uchrashuv natijasida, «Mir Transportation Inc» korxonasi, «Logex» kompaniyasi va «Uzrek payment system inc» kompaniyalari bilan masofaviy xizmatlarni ko‘rsatish markazini tashkil etish bo‘yicha memorandumlar imzolangan.