Samarqand ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish markazi qabul e’lon qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA) ishtirokida Samarqand shahrida tashkil etilgan ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish markaziga o‘quvchilar qabul qilinadi.

Markazda ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish quyidagi kasblar bo‘yicha bepul amalga oshiriladi:

1. Avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik (avtoslesarlar, motoristlar, avtoelektriklar, avtomobillar diagnostikasi bo‘yicha mutaxassislar).

2. Payvandlash ishlari mexanik-texnigi (elektryoyida, avtomat va yarimavtomatda (kepmomat), gaz alangasi yordamida, argon (volfram elektrod) da payvandlovchilar, santexniklar, chilangarlar va metallarga ishlov berish mutaxassislari).

3. Elektron texnikalarni montaj qilish va sozlash texnigi (elektromontaj ishlari, elektr yuritmalarining elektr cho‘lg‘amlarini o‘rash, dasturiy mantiqiy kontrollerlar (PLC), sanoat elektromontaji va boshqaruvi, elektrotexnika komponentlari, maishiy texnikalarni ta’mirlovchi va ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchi ustalar).



4. Kompyuter injiniringi texnigi (Axborot texnologiyalari) (Wyeb dasturchilar, kompyuterlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi ustalar, tarmoq operatorlari, videokuzatuv moslamalarini o‘rnatuvchilar va ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchilar, ofis ishlari operatori, 1C buxgalteriya, SMM marketingini yurutuvchilar, video va fotomontajchilar, reklama gif animatorlari).

5. Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chikarish jixozlari va ularni avtomatlashtirish (tokar, frezerlovchi, texnik-texnolog, keng profilli dastgohchi, sonli dasturli boshqarish stanoklari, avtomatik va yarim avtomatik tizimlar operatori).
Markazda kasb-hunarga o‘qish muddati 8 oy, shundan Markazda o‘qish – 6 oy, korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti – 2 oy. Bitiruvchilarga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.

Markazda o‘qish uchun o‘zingiz yashaydigan tuman (shahar) Aholi Bandligiga Ko‘maklashish Markazi (ABKM)ga murojaat qiling. ABKM yo‘llanmasi va to‘rt tomonlama shartnomasini olganingizdan keyin markazga quyidagi hujjatlarni topshirasiz:

1. Ariza (markazda yoziladi).
2. Pasport nusxasi (pasport asl nusxasi ko‘rsatiladi).
3. Ma’lumotini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi
(attestat yoki diplom).
4. ABKM tomonidan berilgan yo‘llanma.
5. Ishga joylashtirish bo‘yicha to‘rt tomonlama

(ish beruvchi, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi va jismoniy shaxsva kasb-hunarga o‘qitish markazi) shartnoma nusxasi.
6. 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 4 dona rangli fotosurat.

Hujjatlar 2022 yilning 15 sentyabrigacha qabul qilinadi.


* Manzil: Samarqand shahar, Spitamen ko‘chasi, 264a uy (Mo‘ljal Superxoddog qarshisida)
Murojaat uchun telefonlar: +99866-221-73-62
Veb sayt: www.samarkand-vtc.uz
Ye-mail: sam-koica@mail.ru

Reklama huquqi asosida