Samarqand maktablari bitiruvchilarining qanchasi OTMga o‘qishga kirmoqchi?

O‘tgan yili viloyatda milliy reyting natijalariga ko‘ra, Urgut (2,3 foiz), Nurobod (3,2 foiz), Payariq (4,2 foiz) tumanlari bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish bo‘yicha eng past natija ko‘rsatgan edi. Ushbu tumanlar 2020-2021 o‘quv yilida bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga qamrovini 15 foizga, viloyat bo‘yicha esa 20 foizga ko‘tarish ko‘zda tutilgan.

Masalan, o‘tgan test javoblarini to‘g‘ri yechgan bo‘lsa-da, titul varag‘ini to‘ldirishda xatoliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun joriy yil 11-sinf bitiruvchilariga titul varaqlariga javoblarning qanday ko‘chirilishi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Respublika tashxis markazining “rppm” saytiga o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron variantda ushbu bazaga kiritilgan va ular saytga kirib kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha test ishlamoqda.

Bundan tashqari, 11-sinf bitiruvchilarining OTMlarga kirish ishtiyoqini oshirish maqsadida onlayn tarzda har kuni 5 tadan oliy ta’lim muassasalarining yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar berib borilmoqda.

Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 28 dekabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ o‘quv rejalarni tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 405-sonli buyrug‘iga asosan viloyatda 10 va 11-sinflarda 5 ta yo‘nalish (aniq fanlar, texnika fanlar, tabiiy fanlar, xorijiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar) bo‘yicha 65 ta sinf tashkil etildi. 1719 nafar o‘quvchi o‘zi tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha 2 ta fandan chuqurlashtirib o‘qitildi.

2020 yil mobaynida olib boriladigan dars jarayonlari va ularning sifati, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini aniqlash va OTMlariga qabul qilinishini ta’minlash maqsadida Davlat test markazining viloyat hududiy bo‘limi bilan hamkorlikda joriy o‘quv yilining oktyabr oyidan boshlab tajriba sinov tariqasida Jomboy tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari kompyuter sinflariga fanlardan ko‘p variantlik test savollar joylashtirildi va o‘quvchilar darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyati yaratildi.

Bu yil viloyatda 11-sinfni 53589 nafar o‘quvchi bitirmoqda. Ularning 50317 nafari oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish istagini bildirgan.

Qo‘ldosh SAIDOV,

Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i.