“Samarqand-Namangan-Samarqand” aviayo‘nalishi dastlabki yo‘lovchilari — vodiylik ustoz murabbiylar bayramda ishtirok etish uchun Samarqandga yetib keldi
- 29.09.2022 09:56
- 98
- Ta’lim
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan Samarqand xalqaro aeroportidan mamlakatimizning bir qator viloyatlariga parvozlar yo‘lga qo‘yildi.
Jumladan, Farg‘ona vodiysi viloyatlariga haftada besh kun qatnovlar amalga oshiriladi.
Kecha “Samarqand-Namangan-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki qatnov bajarildi.
Namangandan uchgan samolyot bugun yarim tunda Samarqand xalqaro aeroportida viloyat hokimligi mas’llari tomonidan tantanali kutib olindi. Chunki, havo kemasida Samarqandni ziyorat qilish uchun namanganlik bir guruh nuroniylar, faollar, shuningdek, bugun Samarqand xalqaro turistik markazidagi Kongress markazida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirida ishtirok etish uchun vodiylik fidoyi ustozlar qadimiy va hamisha navqiron kentga keldi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ibratli hikoya: “General” oqsoqol (Haydovchi hangomasi)
- 35 daqiqa avval
- Mutolaa
Dunyo stomatologlari Samarqandga keldi
- Kecha, 14:37
- Ta’lim