“Samarqand - qadimiy Sharq durdonasi” nomli hujjatli film suratga olinmoqda
Samarqand azal-azaldan Sharq gavhari sifatida butun dunyoga mashhur shahar bo‘lgan. Ushbu qadim viloyat va shaharning turizm salohiyatini rivojlantirish maqsadida “Samarqand - qadimiy Sharq durdonasi” nomli ikki qismdan iborat hujjatli film ishlanmoqda. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligining matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur film orqali nafaqat Samarqandning qadimiy tarixiy o‘tmishi ko‘rsatiladi, balki so‘nggi yillarda viloyatda bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangi qurilgan ob’yektlar, turizm, sport komplekslari, arxitektura va madaniy yodgorliklarning restavratsiyadan keyingi jarayonlari yoritib beriladi.
Film ssenariysi muallifi va rejissyori: Jasur Ishoqov
Operator: Timur Abdullayev
Rejissyor assistenti: Anastasiya Xavanskaya
Operator assistenti: Samir Sharafutdinov
Kartina direktori: Gulnora Abdurahmonova