Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Zelenskiy Trampga qarshi “diplomatik hujum”da
🔹 Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Donald Trampni Kiyevga harbiy yordamini davom ettirishga ishontirish uchun unga qarshi “diplomatik hujum” boshladi. U Tramp lavozimiga kirishgunga qadar pozitsiyalarning yaqinlashishiga erishmoqchi. Saylov kampaniyasi davomida Tramp bir necha bor Ukrainaga qurol yetkazib berilishini tanqid qilgan.
🔹 AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Donald Tramp Ukrainadagi mojaroni hal qilish masalasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomon birinchi qadamni qo‘yishi kerak bo‘ladi, deyiladi "Time"da. Agar Tramp Putin bilan kelishuvga erishmoqchi bo‘lsa, “ruslarni bu qiziqtiradi”. Vladimir Zelenskiy AQShning avvalgi yordamini yo‘qotib, Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin. Bunda Anqara vositachi rolini o‘ynaydi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Putin bilan ham, Zelenskiy va Tramp bilan muloqotni davom ettirishga qodir yagona lider bo‘lib qolmoqda.
🔹 Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaning yaqinda uchirilgan raketalariga javoban Sariq dengizda ballistik raketa uchirdi.
🔹 Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda ishchi kuchi tanqisligiga ishora qildi. Bu haqda u "Valday" yalpi majlisidagi nutqida aytdi.
🔹 Knesset (parlament) Isroil Katsni Isroilning yangi mudofaa vaziri, Gideon Saar esa yahudiy davlati tashqi ishlar vazirligi rahbari etib tayinlanishini ma’qulladi. Oldingi mudofaa vaziri iste’fosi ortidan mamlakatda namoyishlar davom etmoqda.
🔹 Germaniyada siyosiy mojaro. Germaniya prezidenti Shtaynmayer adliya, moliya va ta’lim vazirlarini ishdan bo‘shatdi. Bir kun avval Shols kelasi yil byudjeti kelishmovchiliklari tufayli moliya vazirini ishdan bo‘shatgan. U boshqa davlatlarga pul jo‘natmaslik, balki parchalanib borayotgan Germaniya iqtisodiyotiga kiritishni taklif qilgan. Bunga javoban Ozod Demokratik partiyadagi hamkasblar ham hukumatdan ketishga qaror qilishgan. Shols esa lavozimdan ayrilish arafasiida deyilmoqda OAVda.
🔹 Qozog‘istonni qor qoplashda davom etmoqda. Ob-havoni keng qamrovli siklon avjiga chiqarmoqda. Yo‘llar o‘tib bo‘lmaydigan va xavfli.
🔹 Amsterdamda isroillik futbol muxlislariga hujum uyushtirildi. Hujumlardan keyin 62 kishi hibsga olingan. Olti nafar isroillik sayyoh bedarak yo‘qolgan, o‘nlab kishilar yaralangan.
🔹 Avstraliya rasmiylari 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarga kirishni taqiqlovchi dunyodagi eng qattiq qonunlardan birini qabul qilishga tayyorlanmoqda.
🔹 Donald Trampning prezidentlik g‘alabasi oltin narxini oshirib, mis narxining pasaytirdi.
🔹 Janubiy Koreya prezidenti Ukrainaga halokatli qurollar yuborishini aytmoqda. Janubiy Koreya prezidenti Yun Sek Yolning ma’lum qilishicha, agar Pxenyan Moskvaga jangovar bo‘linmalar yuborish yoki qurol-yarog‘ yetkazib berish kabi jiddiy yordam ko‘rsatsa, Seulning Kiyevga harbiy yordam bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarishi mumkin.
🔹 Kamchatkadagi Shiveluch vulqoni faollashdi. Bir kun avval vulqon dengiz sathidan 11 kilometr balandlikda kul sochdi va kuchli issiqlik anomaliyasini keltirib chiqardi. Ust-Kamchatskiyda yuqori ogohlantirish rejimi joriy etildi. Kul tashlash 11 noyabrgacha davom etadi.