“Samarqand – Qarshi” uchastkasi oralig‘ida profilaktika ishlari o‘tkaziladi: Qarshi va Shahrisabzga qatnovchi poyezd harakati to‘xtatiladi
Joriy yilning 23 iyul kuni “Samarqand – Qarshi” uchastkasi oralig‘ida profilaktika ishlari o‘tkaziladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar qilmoqda.
Profilaktika ishlari sabab "Toshkent - Qarshi" yo‘nalishida harakatlanadigan 758/757-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi 23 iyul kuni o‘z qatnovini Toshkentdan Samarqandgacha amalga oshiradi.
Shuningdek, ushbu sanada 8/7-sonli “Toshkent – Shahrisabz” yo‘nalishidagi tezyurar poyezd qatnovi bekor qilinadi. 23 iyulga xarid qilingan chiptalar vokzal kassalarida to‘liq qiymatda qaytariladi.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.