Samarqand shahrida 2 ta tonnel va 2 ta ko‘prik quriladi
Xususan, Gagarin va Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi kesishmasida 750 metr, inshoot uzunligi 44 metr; Gagarin va Rudakiy ko‘chasi kesishmasida 650 metr, inshoot uzunligi 50 metr tonnel rejalashtirilgan.
Ko‘prik Gagarin ko‘chasidagi temiryo‘l ustida (78 metr) va Siyob kanali ustida (165 metr) bo‘ladi.
Tender natijalari bo‘yicha “Me’mor Utkir Chovka LLC” (O‘zbekiston) & “Shaanxi Road and Bridge Group Co., Ltd” (Xitoy) - Konsorsium g‘olib deb topilgan.
Hududdagi barcha kommunikatsiya tizimlari xavfsiz ko‘chirilib, avtomobillar va piyodalarning xavfsiz harakatlanish sxemalari tuzilib, tasdiqlanganidan so‘ng qurilish ishlari bosqichma-bosqich boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz: mazkur inshootlar Abu-Dabi Taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida amalga oshirilmoqda.