Samarqand shahrida 7 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi

Samarqand shahar hokimligi tashabbusi bilan shahardagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlaridan yetti nafarining xatna to‘yi o‘tkazildi.
Vatanimiz mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan Farhod shaharchasida joylashgan "Yakka saroy" bazmgohida tashkil etilgan to‘yda Samarqand shahar hokimi B.Oblaqulov va boshqalar ishtirokchilarni bayram bilan qutladi.
Marosimda sektor rahbarlari tomonidan to‘y bolalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.