Samarqand shahrida fors-tojik she’riyatining atoqli vakili Abu Abdulloh Rudakiy tavalludiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Viloyat hokimligi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, Samarqand davlat universiteti, viloyatdagi tojik milliy madaniy markazi hamda “Ovozi Samarqand” gazetasi tahririyati hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ijodkorlar va she’riyat ixlosmandlari ishtirok etdi.
Tadbirda senator F.Toshev, adabiyotshunos olimlar S.Sa’diyev, J.Hamroyev, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari T.Tugalov, viloyat tojik milliy madaniiy markazi rahbari A.Mahmudov, “Ovozi Samarqand” gazetasi bosh muharriri B. Rahmonov va boshqalar shoir hayoti, ijodi, she’rlarining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida so‘z yuritdilar. Tadbir yakunida Samarqand davlat universiteti talabalari shoir she’rlaridan namunalar o‘qidi.