Samarqand shahrining eski SES binosi o‘rnida yangi oilaviy poliklinika qad rostladi
So‘nggi pardozlash va obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan mazkur tibbiyot muassasasi tez kunlarda foydalanishga topshiriladi.
Samarqand shahridagi «Ma’ruf qurilishservis» mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan bunyod etilayotgan oilaviy poliklinikaga Investitsiya dasturiga asosan 3 milliard 600 million so‘m mablag‘ sarflandi.
- Qurilish ishlari joriy yilning may oyida boshlangan edi, - deydi «Ma’ruf qurilishservis» MChJ rahbari M.Mirjamolov. - Ayni kunda bu yerda korxonamiz quruvchilaridan tashqari 6 ta yordamchi qurilish korxona ishchilari ham mehnat qilmoqda.
200 qatnovga ega mazkur tibbiyot muassasasi ishga tushgach, zamonaviy laboratoriya, rentgen, stomatologiya va 20 ga yaqin tor mutaxassislar xonalarida 90 nafar malakali umumiy amaliyot shifokorlari hamda hamshiralar mehnat qiladi.
Dilmurod TO‘XTAYeV.