Samarqand tumanida qoidabuzar evakuator aniqlandi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Ibn Sino ko‘chasida  yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol tarzda buzgan evakuator aks etgan foto tarqaldi.

Qoidabuzar evakuator haydovchisi aniqlanib, unga nisbatan o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi.

"Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari “Yo‘l harakati qoidalari”ni buzib, boshqa harakat ishtirokchilariga xalaqit bermasligingizni so‘raymiz. Sizning qoidabuzarligingiz boshqa insonlar umrining bevaqt so‘nishiga sabab bo‘lishi mumkinligini unutmang", deyilgan Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabarida.