Samarqand tumanining Oqbo‘yra mahallasida yangi ekoturistik zona ochiladi

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmatining xabar berishicha, yurtdoshlarimizning ushbu maskanning betakror tabiatidan bahramand bo‘lishlari uchun bu yerda otda sayr qilish, hovuzda suzish, shuningdek, mazali taomlardan bahramand bo‘lish imkoniyati yaratiladi.

Zamonaviy standartlarga javob beradigan loyihaning umumiy qiymati 10 milliard so‘mdan ortiq.

Yangi ekoturistik hududni joriy yilning iyul oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.