Samarqand turizm kollejiga yangi direktor tayinlandi
Jo‘raqulov Shohruh Davronovich joriy yilning 16 iyunidan Samarqand turizm kasb-hunar kolleji direktori etib tayinlandi.
Bugun viloyat hokimining turizmni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Botir Nurullayev kollej o‘qituvchilariga yangi direktorni tanishtirdi, deb xabar berdi Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.
Ta’kidlash joizki, Shohruh Jo‘raqulov respublika va universitet ilmiy-amaliy anjumanlarining doimiy ishtirokchisi hisoblanadi. 2010 yildan boshlab Sh.Jo‘raqulov iqtisodiyot fanlari nomzodi M.Xolmuhammedov rahbarligida "O‘zbekistonda marketing kommunikatsiyalarini rivojlantirishning istiqbollari" nomli ilmiy tadqiqot ustida ish olib bormoqda. Uning tadqiqotlari natijasida Respublika jurnallarida bir qancha ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari chop etilgan.
U 2019 yildan «Yuksalish» milliy harakatining Samarqand mintaqaviy bo‘linmasi rahbari bo‘lib kelgan.