Samarqand viloyati musiqali drama teatri jamoasi Ostonada spektakl qo‘yadi

Teatr ijodkorlarining mazkur asari joriy yilning aprel oyida Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilgan “Ming nafas – bir ovoz” turkiy tillarda sahnalashtirilgan spektakllarning XI xalqaro festivalida e’tirof etilgan edi. 

– 2018 yil Qozog‘istonda O‘zbekiston yili deb e’lon qilinib, o‘zbek va qozoq xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan ko‘plab madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda, – deydi Samarqand viloyat musiqali drama teatri direktori B.Sharofov. – Teatrimiz jamoasining qo‘shni yurtdagi xalqaro festivaldagi ishtiroki ham qozog‘istonlik hamkasblarimiz bilan ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish uchun qulay imkoniyat bo‘ladi.

Ostonadagi teatrlar anjumani doirasida spektakllar muhokamasi, yirik teatr jamoalari bilan uchrashuv va madaniy dasturlar, mahorat mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.