Samarqand viloyati prokuratura organlari tomonidan fuqarolarga yetkazilgan 400 million 654 ming so‘mlik zararlarni undirish to‘g‘risida sudlarga 78 ta da’vo arizalari kiritilgan

O‘tgan yili viloyat bo‘yicha prokuratura organlariga 38211 ta murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 25194 tasi prokuratura organlarida ko‘rib chiqilgan hamda 2631 tasi qanoatlantirilgan, 22339 tasiga tushuntirish berilgan. Shuningdek, 224 ta murojaat rad qilingan, 207 tasi esa ko‘rmasdan qoldirilgan. Murojaatlarning 12487 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa muassasaga yuborilgan.

Ko‘rilgan chora natijasida 1593 nafar shaxslarning huquqlari prokurorlar tomonidan tiklandi.

Viloyat prokuraturasi organlarida hal qilingan murojaatlardan 9342 tasi fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish masalalari bo‘yicha, 635 tasi jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, 454 tasi voyaga yetmaganlar huquqlariga doir.

Shuningdek, 991 ta qishloq xo‘jaligi sohasiga oid, 179 ta soliq sohasiga oid, 5128 tasi tergov va surishtiruv masalalari yuzasidan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar hal qilingan. Bundan tashqari, 1332 ta jinoiy sud, 1353 ta fuqarolik sudi, 146 ta iqtisodiy sud, 430 ta ma’muriy sud ishlarini yuritishga oid murjaatlar ko‘rib chiqilgan. 1949 tasi sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilikka rioya etilishiga oid, 94 tasi kadrlar oid masalalar bo‘yicha va 3077 tasi boshqa masalalarni tashkil qiladi.

Viloyat prokuraturasi organlari tomonidan murojaatlarni o‘z vaqtida, har tomonlama to‘liq va xolisona ko‘rib chiqib, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor berib kelinmoqda.

Fuqarolarni qabul qilish viloyat bo‘yicha 15200 tani tashkil etgan. Shuningdek, 6022 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari shaxsan prokurorlar, 3911 nafari prokuror o‘rinbosarlari tomonidan qabul qilindi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari mehnat jamoalari va yashash joylarida qabul qilish 5750 nafarni tashkil etgan.

Viloyat prokuraturasi organlari tomonidan faoliyatni tizimli tahlil qilib, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijasiga ko‘ra, 111 ta protest keltirilgan. Qonun buzilishi va unga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida 29 ta taqdimnoma kiritilgan.

Bundan tashqari, 58 nafar shaxslar ma’muriy, 59 nafar shaxslar intizomiy  javobgarlikka tortilib, fuqarolarga yetkazilgan 302 million 196 ming so‘mlik zararlar ixtiyoriy qoplangan. 400 million 654 ming so‘mlik yetkazilgan zararlarni undirish borasida sudlarga 78 ta da’vo arizalari kiritilgan. Qo‘pol qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 23 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Ulug‘bek XAMDAMOV,

Samarqand viloyati prokurorining o‘rinbosari.