Viloyat prokurori Samarqand tumani yoshlarini tingladi

Tumanning Mironqul mahallasida viloyat prokurori Jahongir Hotamov boshchiligida sayyor qabul hamda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda 30 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan murojaat qildi. Qayd qilingan masalalar 4 tasi ijobiy hal etilib, 4 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, 21 nafar fuqaroning murojaati nazoratga olinib, ijroga qaratildi.

Xususan, X.Avazovaning imtiyozli kredit olish, M.Aminovni ish bilan ta’minlash, M.Faxriyeva va G.Jo‘raqulovani uy-joyini ta’mirlash uchun moddiy yordam ajratish, R.Orziyevni o‘zini-o‘zi band qilishi uchun kredit ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatish, T.Xolmo‘minovani og‘ir jarrohlik operatsiyasi o‘tkazish va davolanishi uchun yordam ko‘rsatish kabi murojaatlar ijobiy yechimini topishi uchun mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Qabul davomida fuqarolar hududni ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilashga xizmat qiladigan takliflar ham bildirishdi.