Viloyat prokuroriga yoshlar tomonidan 15 dan ortiq savol va takliflar bildirildi

Joriy yilning iyun oyi respublikamizda “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan viloyat prokuraturasi organlari tomonidan yoshlar bilan o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar rejasi tuzilgan.

Viloyat prokurori va barcha tuman-shahar prokurorlari tomonidan yoshlar bilan onlayn rejimida turli xil madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bugun Samarqand shahridagi Yoshlar markazida viloyat prokurorining ZOOM dasturi platformasida viloyat yoshlari bilan onlayn tarzda “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda viloyatning barcha tuman-shaharlaridan 150 dan ortiq faol yoshlar qatnashdi. Viloyat prokurori yoshlarga oid davlat siyosati yuzasidan ma’lumotlar berib, o‘zining hayotiy tajribalari va boshqa muhim masalalarga to‘xtaldi. Uchrashuvda 15 dan ortiq takliflar, ko‘plab  savollar berildi.

Nodir YuSUPOV,

viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori.