Samarqand viloyati yoshlarining startap loyihalari taqdimoti o‘tkazildi

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida o‘tkazilgan loyihalar taqdimotida «Biznesga birinchi qadam» startap g‘oyalar tanlovi ishtirokchilari hamda «Tadbirkorlar kengashi» tomonidan qo‘llab-quvvatlangan loyihalarning amalga oshirilgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.

Unda viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi N.Ibragimov, viloyat oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i A.Norboyev hamda mutaxassislar har bir tashabbuskor yoshning taqdimotlari bilan tanishib, kerakli ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.