Samarqand viloyatida 96 bemor koronavirusdan uy sharoitida davolanmoqda
Respublika maxsus komissiyasi markaziy shtabi a’zosi - Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xodimi Jo‘shqin Qosimov karantinga olingan xonadonlar, uy sharoitida davolanayotgan bemorlar yuzasidan ma’lumot berdi.
💉22 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlar soni 1 ming 706 nafarni tashkil qilmoqda.
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 58,
📍 Andijon viloyatida — 136,
📍 Jizzax viloyatida — 22,
📍 Navoiy viloyatida — 40,
📍 Namangan viloyatida — 21,
📍 Samarqand viloyatida — 96,
📍 Sirdaryo viloyatida — 156,
📍 Surxondaryo viloyatida — 101,
📍 Qashqadaryo viloyatida — 21,
📍 Toshkent viloyati — 637,
📍 Toshkent shahrida — 413
nafar bemor uyda davolanmoqda.
👨🏻⚕️ Ularning barchasi shifokorlar nazoratida bo‘lib, kerakli tavsiyalar berib borilyapti.
💊 Bepul dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.
🗓 Uyda davolanish amaliyotini o‘tayotgan bemorlar 10 kun davomida kuzatuvda bo‘ladi. Test natijalariga qarab, kuzatuv bekor qilinadi yoki davom ettiriladi.