Samarqand viloyatidagi aholi maskanlarining 97 foiz qismi optik tolali aloqa liniyalari bilan qamrab olingan
«Raqamli O‘zbekiston–2030» strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida «O‘zbektelekom» AK Samarqand filiali viloyatning har bir hududidagi xonadonlarni barcha aloqa vositalari bilan qamrab olish ishlarini olib boryapti.
- Keling, buni 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar misolida ko‘rib chiqaylik, - deydi “Samarqandtelekom” direktori o‘rinbosari Javohir Orifiy. - Jumladan:
- hududlarda 4 957 kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurildi;
- 101 998 ta abonent sig‘imiga teng abonent portlari o‘rnatilib, aholiga yuqori tezlikdagi telekommunikatsiya xizmatlari taqdim etildi;
- viloyat bo‘yicha 5 654 km optik aloqa liniyalari tashkil qilinib, viloyat miqyosidagi bunday aloqa liniyalarining umumiy uzunligi 22 254 kilometrga yetkazildi;
- 277 ta «Uzmobile» bazaviy stansiyalariga 293 kilometr, 125 ta sog‘liqni saqlash ob’yektiga 25 kilometr optik tolali aloqa liniyalari tortildi;
- Samarqand shahar Mirzo Ulug‘bek va Gagarin ko‘chalari kesishmasida qurilayotgan tonnel kommunikatsiyalarini kompleks qurish rejasi asosida 2,17 kilometr yer osti aloqa kanal qurildi;
- 2023 yil barcha infratuzilma ob’yektlar qamrovi 100 foizga yetkazildi;
- aholiga sifatli telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida viloyat miqyosida 376 ta tarqatish javonlari profilaktika qilinib tartibga keltirildi;
- 3720 dona telefon quduqlari tozalanib, undagi kabellar tartibga olindi, 3204 dona aloqa ustunlaridagi aloqa kabellari tartibga keltirildi va foydalanishga yaroqsizlari yangisiga almashtirildi, 437 kilometr havo aloqa simlari hamda 5524 ta aloqa qurilmalari profilaktika qilinib, ish faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Muhimi, bugungi kunda Samarqand viloyati hududidagi mavjud aholi maskanlarining 97 foiz qismi optik tolali aloqa liniyalari bilan qamrab olingan. Ushbu hududlardagi aholining ehtiyojiga ko‘ra yuqori tezlikda ishlovchi GPON texnologiyasi asosidagi internet tarmog‘iga ulash ishlari jadal olib borilyapti.
Darvoqe, 2023 yilda aloqa qurilmalarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida elektr energiyasida ko‘plab uzilish kuzatiladigan hududlarda 155 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilib, mavjud akkumulyator batareyalari yangilariga almashtirildi.
Shuningdek, filial tomonidan Samarqand shahridagi ko‘plab texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lgan hududlar o‘rganilib, internet tarmog‘iga ulanmoqda. Xususan, 2023 yil davomida 60 625 tasi GPON, 3 796 tasi internet hamda 3 267 tasi xDSL texnologiyasi asosida, jami 67 688 ta abonent telekommunikatsiya xizmatlariga ulandi.