Samarqand viloyatining turistik brendi aniqlandi
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi hududlarining turistik brendlarini ishlab chiqishga doir tanlov e’lon qilgan edi.
Ushbu tanlov ochiq umumxalq onlayn-ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra, viloyatlarning 9 turistik logotiplari tanlab olindi, 5 ta nominatsiya ovozlarning 20 foizidan ortig‘i qarshi ovoz berilgani uchun aniqlanmadi.
Tanlovda muallif Elmira Abizboyevaning Registon ansambli, tog‘lar, moviy gumbazlar, samarqandcha non shaklidagi quyosh aks etgan Samarqand viloyati logotipi 8494 ta ovoz bilan g‘olib deb topidi.