Samarqand xalq ta’limi tizimi xodimlari poytaxtga yo‘l oldi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabdagi yoshlar bilan uchrashuvida har bir maktab direktori Abdulla Qodiriy hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablardagi sharoit, o‘quvchilarning puxta bilim olishi uchun yaratilgan keng imkoniyatlar bilan tanishib, uni har bir muassasalarda joriy etishi lozimligini ta’kidlagan edi.

Ana shu maqsadda bugun, 9 yanvar kuni erta tongdan Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Saidahmad Usmonov boshchiligidagi viloyatning tuman va shahar xalq ta’limi bo‘limi mudirlari, bir guruh umumta’lim maktablari direktorlari poytaxtimizga yo‘l oldi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarning ilg‘or tajribalari, barkamol avlod ta’lim-tarbiyasini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, xalq ta’limi xodimlarining taassurotlari, o‘rganishlari xususida batafsil ma’lumot beramiz.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.