Samarqand yuridik texnikumi o‘quvchilari MIB faoliyati bilan tanishdi
Press-tur tarzida tashkil etilgan tadbirda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, ularni katta hayot ostonasida o‘z o‘rnini topishiga yaqindan ko‘maklashishdek ezgu maqsad qamrab olindi.
Tadbir avvalida o‘quvchilar byuroning Samarqand shahar bo‘limi faoliyati, boshqarmaning surishtiruv va ma’muriy amaliyot, axborot ta’minoti va qidiruv va murojaatlar bilan ishlash sho‘’balari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, davlat ijrochilari tomonidan zamonaviy axborot kommunikatsiyalari imkoniyatlaridan foydalanilgan holda kelayotgan ariza va shikoyatlarni qabul qilish jarayonlari ularda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shundan so‘ng boshqarma majlislar zalida MIB boshqarmasi tarkibiy tarmoqlar rahbarlari va Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochilari ishtirokida yuridik texnikumining o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun davra suhbati o‘tkazildi. Unda Majburiy ijro byurosi faoliyati, xizmat qabul qilish talablari bo‘yicha tushunchalar berildi. O‘z o‘rnida bitiruvchilar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.