Samarqandda 1 tonnalik palov tayyorlandi

Osh Camarqand shahrilik Abdumannon Nusratov boshchiligidagi 10 nafar oshpaz va ularning 5 nafar yordamchilari bilan tayyorlandi. Oshning pishirilish jarayonini 5 mingga yaqin mahalliy aholi tomosha qildi. 

O‘zbekning milliy taomi “Saxovat uyi”dagi yolg‘iz keksalar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ruhiy kasalliklar shifoxonasi, obodonlashtirish ishlari bilan band bo‘lgan ishchi xodimlarga va sayyohlarga tarqatildi.

Shuningdek, Islom Karimov ko‘chasida respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan usta hunarmandlar yasagan hunarmandchilik buyumlari, atlas va adrasdan tikilgan liboslar namoyish etildi, qandolatchilik mahsulotlari savdosi tashkil etildi.

Ma’lumot o‘rnida: osh tayyorlash uchun 100 litr yog‘, 50 kilogramm piyoz, 300 kilogramm go‘sht, 300 kilogramm sabzi, 300 kilogramm guruch va 50 kilogrammga yaqin turli ziravorlar solindi.

Husan ELTOYeV.