Samarqandda 100 ta mehmon-uylar faoliyat yuritmoqda
Samarqand turizm shahri. Yildan-yilga sayyohlar oqimi ko‘payib, xizmatlar sifatini yaxshilashga, mehmonxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ehtiyoj oshib bormoqda. Viloyat turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmatining xabar berishicha, bugungi kunda Samarqand viloyatida 880 o‘rinli 100 ta mehmon-uylar faoliyat yuritmoqda. Yil boshida mehmon-uylar soni 23 ta bo‘lib, sayyohlarning mehmon-uylarga bo‘lgan talabi tufayli ular soni oshib bormoqda. Chunki aksariyat mehmonlarning tashrifdan maqsadi shahrimizning diqqatga sazovor joylarini ko‘rish, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish bilan birga an’analarimiz, urf-odatlarimiz, madaniyatimiz va yashash tarzimiz bilan tanishishdan iborat.
Mehmon-uylar esa aynan shu imkoniyatlarni taqdim etadi hamda Samarqand brendini rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shadi. Shuningdek, yil yakunigacha yana 50 ta mehmon-uylar ochilishi rejalashtirilgan.