Joriy yil Samarqandda 2607 o‘rinli 34 ta mehmonxona quriladi
Buni Samarqand shahri va viloyatning boshqa tumanlarida mehmonxonalar qurilishi misolida ham ko‘rish mumkin.
Jumladan, 2020-2021 yillarda umumiy qiymati 832,8 milliard so‘mni tashkil etadigan 4300 o‘rinli, 2081 ta xonadan iborat turli toifadagi 52 ta yangi mehmonxona ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Ushbu mehmonxonalar faoliyatini boshlashi bilan 1161 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shundan 2020 yilda 1331 xona va 2607 ta o‘rindan iborat, umumiy qiymati 292,0 milliard so‘mlik 34 ta mehmonxona foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, natijada 732 ta ish o‘rni yaratiladi.
Ushbu mehmonxonalarning asosiy qismi barcha talablarga javob beradigan holda kuzda o‘z faoliyatini boshlashi ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida Covid-19 tarqalishi munosabati bilan olib borilayotgan qurilish ob’yektlarida sanitariya-epidemiologiya choralari muntazam olib borilmoqda.
Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.