Samarqandda qaysi mehmonxona va restoranlar chegirma bilan ishlayapti?

Yurtimizda ichki turizmni rivojlantirish, koronavirus pandemiyasi va global inqirozli holatlarning mamlakat turizm sohasiga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida har bir hudud kesimida byudjet va boshqa tashkilotlar xodimlari uchun imtiyozli sayohat dasturlari asosida sayohatga chiqishlari uchun turizm sohasidagi nodavlat-notijorat tashkilotlari bilan birgalikda joylashtirish vositalari va umumiy ovqatlanish shaxobchalarida ixtiyoriy, mavsumiy chegirmalar joriy etilgan.

Shu munosabat bilan joriy etilgan chegirmalar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etilmoqda. Joylashtirish vositalari va mehmonxonalardan quyidagilari: “City hotel Samarqand”, “Ideal”, “Grand Samarqand superior”, “Meros boutique hotel”, “Arhan palace premium”, “Marxaba hause”, “Grand Abdurahmon”, “Atlas”, “Hostel like”, “Navro‘zbek”, “Timur”, “Nihol”, “Nodir” kabi mehmonxonalar va joylashtirish vositalari 30 foizgacha, “Hotel Asia Samarkand”, “Sharq”, “Shahlo hotel”, “Zarina”, “Kamila”, “Akmal”, “Jahon palace”, “Amir kabi” mehmonxona va joylashtirish vositalari hamda “Anjir, Platan”, “Samarkand”, “Green bear bar”, “Qand” kabi restoranlar 20-25 foizgacha, shuningdek, boshqa tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ham 10-15 foizgacha chegirmalar asosida xizmat ko‘rsatish belgilangan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha 10 va 15 foizli chegirmalar va “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ tomonidan esa tariflar narxidan 30-50 foizgacha chegirmalar joriy qilingan (chegirmadan oilaviy sayohatga chiquvchi, nafaqaxo‘r, talaba va boshqa yo‘lovchilar foydalanish imkoniga ega).

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.